Yordam va qoʻllab-quvvatlash

Oddiy va Oddiy HUB ilovalari · «SABNUR INVEST» MChJ

Biz bilan bogʻlanish

Xatda ilova nomini (Oddiy yoki Oddiy HUB), hisobingiz bogʻlangan telefon raqamini va buyurtma raqamini koʻrsating — shunda savolingiz tezroq hal boʻladi.

Tez-tez soʻraladigan savollar

Ilovaga qanday kiraman?

Telefon raqamingizni kiritasiz, SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini yozasiz — tamom. Parol kerak emas. Kod kelmasa, raqamni xalqaro formatda (+998…) yozganingizni tekshiring va bir daqiqadan soʻng qayta urinib koʻring.

Buyurtma narxi qanday hisoblanadi?

Taxi va joʻnatmada narx buyurtma berishdan oldin koʻrinadi. Manzil koʻrsatilmagan safarlarda hisob taksometr boʻyicha yuritiladi. Shaharlararo yuk va maxsus texnikada narxni xizmat koʻrsatuvchilar taklif qiladi, siz tanlaysiz.

Toʻlovni qanday amalga oshiraman?

Toʻlov ilova ichidagi hamyon orqali yoki haydovchiga naqd amalga oshiriladi. Hamyonni toʻldirish va undan pul yechish komissiyasiz.

Haydovchi yoki yoʻlovchi haqida shikoyat qilmoqchiman

Safar yakunlangan ekranda yoki buyurtma tafsilotlarida «Shikoyat qilish» tugmasi bor. Sababni tanlang va izoh yozing — murojaat moderatorga darhol yetib boradi. Shoshilinch holatlarda yuqoridagi telefon raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Haydovchi boʻlib ishlashni boshlamoqchiman

Oddiy HUB ilovasini oʻrnating, telefon raqamingiz bilan roʻyxatdan oʻting va hujjatlaringizni yuklang (haydovchilik guvohnomasi, texpasport). Tekshiruvdan soʻng buyurtmalar kela boshlaydi.

Hisobimni oʻchirmoqchiman

Hisobni oʻchirish sahifasidagi koʻrsatmaga amal qiling.

Hujjatlar